“Bobur — sharq tarixining gavhari” nomli badiiy kecha tashkil qilindi

“Bobur — sharq tarixining gavhari” nomli badiiy kecha tashkil qilindi

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun yurtimizning barcha ta'lim muassasalari kabi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ham keng nishonlanmoqda.
 
Jumladan, Renessans ta'lim universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchi yoshlari bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi.
 
“Bobur — sharq tarixining gavhari” nomli kechada ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yoshlarda iliq taassurot uyg‘otdi. Ular tomonidan kuylangan qo‘shiqlar, o‘qilgan she’r-u g‘azallarni maroq bilan tinglashdi.
 
Harbiy chiqishlarga ulanib ketgan dastur davomida yosh askarlar o‘zlarining chaqqonliklari hamda harbiy tayyorgarliklarini namoyish etishdi.
 
Ayniqsa, maktab-internati o‘quvchi yoshlarining musiqali chiqishlari, kuylagan qo‘shiqlari yig‘ilganlar tomonidan olqishlandi.