“Besh tashabbus olimpiadasi”ning guruhlararo fakultet bosqichi yakunlandi

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning guruhlararo fakultet bosqichi yakunlandi

Renessans ta’lim universitetida joriy yilning 25-sentabr kuni start olgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi guruhlararo fakultet bosqichi nihoyasiga yetdi.
Musobaqalar davomida talabalar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilib, sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda g‘olib deb topilgan jamoalar olimpiadaning navbatdagi – fakultetlararo universitet bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🔽Ma’lumot o‘rnida, “Besh tashabbus olimpiadasi” 4 bosqichda tashkil etiladi:
✔️Guruhlararo fakultet bosqichi
✔️Fakultetlararo universitet bosqichi
✔️Universitetlararo hududiy bosqich
✔️Respublika final bosqichi
Sportchilarimizga keyingi bosqichda ham muvaffaqiyat tilaymiz.