Bayroq – millatni, xalqni ulugʼ maqsadlar tomon boshlovchi oliy mashʼaladir

Bayroq – millatni, xalqni ulugʼ maqsadlar tomon boshlovchi oliy mashʼaladir

U qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik timsoli boʼlib kelgan. 
Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Renessans taʼlim universitetida tadbir tashkil etildi.
Unda universitet professor-oʼqituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Yoshlar masalalari vа ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor  Akbar Eshmurodov  soʼzga chiqib, “Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilinganiga 34 yil toʼlishi munosabati bilan barchani qutladi. 
Soʼzga chiqqanlar davlat ramzlarining ahamiyati, xususan, davlat bayrogʼi bugungi Oʼzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʼlgan davlatlar bilan tarixan bogʼliqligi, mamlakatimizning milliy-madaniy anʼanalarini oʼzida mujassamlashtirishi haqida toʼxtalib oʼtdi. 
Shuningdek, bayram tadbirida 2025-yil 27-29-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida kattalar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan qozoq kurashi sport turi bо‘yicha Osiyo chempioni Muslimaxon Ahmedova, 2025-yil 22-28-iyul kunlari Dubay shahrida bо‘lib о‘tgan Taekvondo GTF sport turi bо‘yicha jahon chempionatida faxrli 3-о‘rinni qo‘lga kiritgan Sanam Ergasheva, 2025-yil 15-19-oktabr kunlari Buxoro shahrida bо‘lib о‘tgan Cava College University Volleyball Championship 2025 – Markaziy Osiyo chempioni Umirbek Raximov tantanali taqdirlandi.