Bugun Renessans taʼlim universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, 1-toifali hakam, Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati sovrindori Zamira Sanokulova ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.
“Komil inson + Mahoratli mutaxassis = Shaxs” formulasi asosida tashkil etilgan darsda talabalar badiiy gimnastika uchun muhim bo‘lgan harakat muvofiqligi va muvozanatni saqlashga doir mashqlarni bajardi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish kuch va texnikadagi aniqlikni, harakat erkinligini oshiradi.
Shundan kelib chiqib, Zamira Sanokulova talabalarga har bir harakatni estetik va to‘g‘ri bajarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Ushbu tadbir universitetimiz talabalari orasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni shakllantirish uchun xizmat qiladi.