Renessans taʻlim universiteti faollar zalida Amir Temur tavalludi munosabati bilan “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy seminarni professor T.Alimardonov ochib berdi. Uning ta’kidlashicha: ushbu kafedra boshchiligida muntazam oʻtkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy seminarlar professor-oʻqituvchilarining ilmiy tadqiqot mavzulari va respublika, xorijiy matbuotlarda nashr etilgan maqolalari asosidagi ilmiy taqdimoti boʻlib, talabalar uchun, bahs-munozara, muloqot maydoni boʻlib xizmat qiladi.
Professor F.Ravshanovning “Amir Temur hayoti va Temuriylar davri madaniyati (XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asr)” mavzusidagi ma’ruzasida Amir Temur davrida “Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy ahvol, davlat boshqaruvi, harbiy boshqaruv madaniyati, iqtisodiyot va moliyaviy munosabatlar, soliq va savdo tizimi, obodonlik va shaharsozlik, diplomatik munosabatlar, ilm-fan, taʼlim, sanʼat, adabiyot mavzularida koʻrgazmali taqdimot asosida ilmiy tahliliy fikrlar bildirdi. Talabalar muloqot maydoniga taklif qilinib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir qizgʻin bahs-munozaralar asosida taasurotlarga boy boʻldi.
Seminar yakunida siyosiy fanlar doktori professor T.T.Alimardonov maʼruzachiga qiziqarli keng ilmiy maʼlumotlarga asoslangan fikrlari uchun minnatdorchilik bildirdi va oʻz navbatida seminarda faol qatnashgan talabalarning oʻqishlari va ilmiy izlanishlariga rivoj tiladi.