Renessans ta'lim universiteti ma'muriyati "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Afg‘on urushi qatnashchisi hisoblangan "Filologiya" kafedrasi mudiri, professor Mo‘minjon To‘rayevich Turdibekovni tabriklashdi.
Fursatdan foydalanib, universitet rektori, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ustozga dil izhorlari va samimiy tabrik so‘zlarini aytishdi...
Universitetda shu kabi faxriy insonlar faoliyat yuritayotgani barchada iftihor va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.
Ma’lumot o‘rnida: Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan. O‘n yil davom etgan afg‘on urushida 65 mingga yaqin o‘zbekistonlik qatnashgan. Shundan 1512 nafari halok bo‘lgan, 2500 dan ortig‘i yaralangan, aksariyati esa nogironga aylangan.