1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!  

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!  

Aziz ustozlar, barchangizni bugungi bayramingiz bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz. Yoshlarga ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish, ularda insoniy fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiq.
 
Siz kabi bilimli, halol, vatanparvar ustozlar tufayli yangi avlod intellektual, ma’naviy barkamol bo‘lib ulg‘aymoqda.Qadrli ustozlar, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz. 
Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!Renessans ta’lim universiteti Sizlarni yaxshi ko‘radi!