60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi zamonaviy moliyachining turli ixtisosliklarini maksimal darajada qamrab oladi, bu uning eng muhim kasbiy mahoratining keng doirasini o’zlashtirishga imkon beradi. Bu kelajakda har qanday moliya sohasida kasbni erkin tanlashni belgilaydi. Ta’lim yo’nalishi moliya tizimi va moliya bozorini bir butun sifatida o’rganishga kompleks yondashuv tamoyiliga asoslanadi, moliyaviy sohada tuzilgan moliyaviy fikrlash va kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Ta’lim jarayoni asosiy va amaliyotga yo’naltirilgan moliyaviy fanlarni o’z ichiga oladi.