Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning dastlabki kuni yakunlandi 

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning dastlabki kuni yakunlandi 

Bugun poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish borasida muhim platformaga aylandi. Konferensiya yakunida xalqaro ta’lim va tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, ta’limda raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim standartlari va baholash tizimlarini integratsiyalash, yetakchi xorijiy universitetlarning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
 
Xalqaro konferensiya ertaga o‘z ishini davom ettiradi. Shuningdek, ishtirokchilar Toshkent va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, madaniy maskanlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Buyuk ajdodlarimiz merosi, qadimiy me’moriy yodgorliklar va zamonaviy shahar hayoti ularda unutilmas taassurot qoldirishi, shubhasiz.