Til bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Til bayrami munosabati bilan talabalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Renessans ta’lim universitetida Chet tillari kafedrasi tomonidan “O‘zbek rasmiy hujjatlarini xorijiy tillarga tarjima qilish” bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi. Mazkur musobaqa milliy hujjatlarni xalqaro miqyosda keng tarqatish va sifatli tarjima qilish bo‘yicha talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. 
Tadbirda quyidagi 6 ta jamoa ishtirok etdi: 
“Hilol”;
“Young translators”;
“L'amitie”;
“Новый звезда”;
“Hayan Zhuanyedui”;
“Mugunxva”.
Zukko talabalar o‘z bilimlari, qat‘iyati va tezkor fikrlashi bilan kuch sinashishdi.
 
Bellashuvda talabalar 2 xil shart bo‘yicha bilimlarini sinashdi:
1.O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni turli tillarda tabriklash;
2.Turli tillardan ingliz tiliga uch xil hujjatni tarjima qilish.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda olib borildi. Shu bilan birga, jarayon davomida turli davlatlar raqslari namoyish etildi. 
 
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin xitoy tili guruhi;
2- o‘rin ingliz tili guruhi;
3-o‘rin fransuz va arab tili guruhlariga nasib etdi. 
 
G‘oliblarni Pedagogika fakulteti dekani Berdaliyev Nizomiddin Sheraliyevich tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.