“Suzuk ota” majmuasi hududida tashkil etilgan ta’lim turizmi festivalida RTU

“Suzuk ota” majmuasi hududida tashkil etilgan ta’lim turizmi festivalida RTU

Bugungi kunda turizm sohasida “ta’lim turizmi”ning o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Chet davlatlar tajribalarini o‘rganar ekanmiz, har bir davlatning ta’lim borasida samaraga erishuvi turli usullarda amalga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Shu sababdan O‘zbekistonning turistik salohiyatini jahonga tanitish va mamlakat turizmiga bo‘lgan xorijiy talabni oshirish maqsadida xorijiy turizm bozorlarida keng targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shu maqsadda joriy yilning 28-avgust sanasida Toshkent shahar Turizm boshqarmasi tomonidan “Suzuk ota” majmuasi hududida joylashgan hunarmandlar markazida tashkil etilgan ta’lim turizmi festivalida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari qatori Renessans ta’lim universiteti ham ishtirok etdi.

 

Festivalda universitet mas’ullari tomonidan tadbir ishtirokchilari, xorijlik mehmonlar, ota-onalar va yoshlarga universitetdagi ta’lim jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari, talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish bilan birga ishtirokchilarining ta’lim sohasida qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarga Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurish, tanishish va tahsil olish bo‘yicha maslahatlar ham ulashildi.