RTU’da professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi

RTU’da professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi

Renessans taʼlim universiteti professor-oʻqituvchilari va xodimlarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkillashtirildi.
Ular sportning: voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha bahs olib borishdi.
Turnirni Renessans ta’lim universiteti rektori Barakayev Nusratilla Rajabovich o‘zining jo‘shqin nutqi bilan ochib berdi va barchaga omad tiladi.
 
Xususan: Shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvda 15 nafar erkaklar hamda 12 nafar ayollar qatnashdi. 
Shaxmat (erkaklar) yo‘nalishida:
1- o‘rin Bobonazarov Davirbek (Xorijiy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi);
2-o‘rin Yunusov G‘anisher (Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri);
3-o‘rin Turopov Yorqin (Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi).
Shaxmat (ayollar) yo‘nalishida:
1-o‘rin Jumayeva Shahzoda (Matbuot xizmati va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻlimi xodimi);
2-o‘rin Magdiyeva Shahzoda (Pedagogik taʼlim va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi);
3-o‘rin Hamrayeva Zilola (Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi).
O‘ta qizg‘in va murosasiz kechgan stol tennis musobaqasida esa, 20 ta erkak ishtirokchi hamda 16 ta ayol qatnashchilar ishtirok etishdi.
Stol tennis (erkaklar) yo‘nalishida:
1-o‘rin To‘ychiyev Xurshidbek (Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi);
2-o‘rin Yoqubboyev Shahzod (Matbuot xizmati va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi);
3-o‘rin Amatboyev Og‘abek (Sport faoliyati kafedrasi kabinet mudiri).
 
Stol tennis (ayollar) yo‘nalishida:
1-o‘rin Mirzayeva Feruza (Iqtisodiyot va moliya kafedrasi o‘qituvchisi);
2-o‘rin Irisboyeva Yoqutxon (Pedagogik taʼlim va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b.);
3-o‘rin Usnaddinova Dilobar (Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi).
Volaeybolda esa 10 ta jamoa o‘rtasida ayovsiz bellashuv olib borildi, xususan quyidagi 3 ta jamoa yuqori o‘rinlarni qayd etishdi:
1-o‘rin “Sport faoliyati” jamoasi (Sport faoliyati kafedrasi);
2-o‘rin “Yoshlar” jamoasi  (Oʻquv-uslubiy boshqarma);
3-o‘rin “Moliyachi” jamoasi (Matematika va iqtisodiyot fakulteti).
Shu tariqa, “Rektor kubogi” musobaqasi o‘zgacha shukuh va kayfiyatda o‘tdi. G‘oliblar maxsus sovrin va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Ma’lumot uchun: ushbu turdagi sport musobaqalari universitetlararo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2024-yil 5-fevraldagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasi”dan o‘tkazilgan yig‘ilishi 9-sonli bayonining 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi.