RTU’da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Yong‘indan ogohlik” mavzusida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi

RTU’da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Yong‘indan ogohlik” mavzusida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi

Kuz – qish mavsumi kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavfsizligini ta’minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ayni ushbu masalalarga talabalarni e’tiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida Renessans ta’lim universitetida soha mutaxassislari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda yong‘in kelib chiqish sabablari, is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlar oldini olish yo‘llari Shayxontohur tuman Faqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi katta leytenanti Hojiakbar Saidaliyev tomonidan hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi. 

FVV xodimi yig‘ilgan talabalarga yuzlanar ekan, ularni ogoh bo‘lishga chorlab, agarda yuqorida aytib o‘tilgani kabi holatlar yuzaga kelgudek bo‘lsa, qisqa raqamli 101 va 1050 raqamlariga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishlari lozimligini aytib o‘tdi. Yong‘inlarning hosil bo‘lishi borasida o‘zining umumiy xulosalariga to‘xtalar ekan aksariyati insonlarning loqaydligi, jihozlarning nosozligi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaslik natijasida yuzaga kelishini ta’kidladi.

Shuningdek, muloqot davomida yong‘in sodir bo‘lganda ko‘riladigan choralar -  birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida, o‘tirganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.