Xushxabar. RTU talabasi "Dubai Police Globall Chess 2024" xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi

newsIn

Xushxabar. RTU talabasi "Dubai Police Globall Chess 2024" xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi

Renessans ta’lim universiteti Iqtisodiyot kafedrasining Bank ishi va audit yo‘nalishi talabasi Erkinov Rustambek Ravshan o‘g‘li Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Dubai Police Globall Chess 2024" xalqaro tanlovida qatnashib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Ushbu turnir 3-14-may kunlari Dubay shahrida o‘tkazildi va unda 43ta davlatdan shaxmatchilar ishtirok etishdi.

Qahramonimiz bundan avval ham, shaxmat bo‘yicha turli xil musobaqalarda qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelgan.

Bunga misol tariqasida:

Qirgizistondagi “Issyk-Kul open 2023” xalqaro turnirida  1-o‘rin g‘olibi,

2019-yilda O‘zbekiston chempioni bo‘lganini e'tirof etish mumkin.

RTU jamoasi chempionni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga borishdi va ko‘tarinki kayfiyatda Rustambek Erkinovni qarshisiga gullar bilan peshvoz chiqishdi.