“Web ilovalarida zamonaviy dasturlash” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

newsIn

“Web ilovalarida zamonaviy dasturlash” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Renessans ta’lim universiteti Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Web ilovalarida zamonaviy dasturlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda talabalar tomonidan yaratilgan yangi websayt namoyish qilindi.

Kirish qismni RTU rektori Nusratilla Barakayev o‘zining ibratli nutqi bilan ochib berdi. Rektor shuningdek, talabalarga “Websayt nima?” degan savol bilan murojaat qildi va ular tomonidan bu savolga munosib javoblar taqdim etildi.

Shundan so‘ng, dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilgan sayt barchaning e’tiboriga havola etildi. Ushbu saytni: Kompyuter Injiniringi (AT-servis), Kompyuter Injiniringi (Axborot xavfsizligi), Axborot tizimlari va texnologiyalari, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, Sun‘iy intellekt yo‘nalishida o‘quvchi 10 talabalardan iborat jamoa yaratgan.

O‘n kishidan tarkib topgan jamoada: Ahmadjonov Xayrullo, Akbarov Sherdor, To‘rayev Akmal, Shavkatov Botirjon, Barkinov Farrux, Ziddiqov Zaynobiddin, Ziyodullayev Xoliddin, Nazirboyev Rasulbek, Elmurodov Ziyomiddin, Abduqaxxorov Abbos ismli yigitlar bor.

Websaytda jamoa tomonidan yaratilayotgan loyihalar va tadbirlar qo‘yib boriladi.

Ushbu havola orqali websayt bilan batafsil tanishish mumkin: rtu-dasturlash.github.io

Tadbir davomida Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Axborot xavfsizligining dolzarbligi”, “PR texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni va ahamiyati” mavzularidagi taqdimot ham namoyish etildi.

Jarayon yakunida, websayt mualliflariga kafedra tomonidan sovg‘alar ulashildi.