“Universitet malikasi” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

newsIn

“Universitet malikasi” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida bir necha oy davomida kafedralararo o‘tkazilinib kelinayotgan “Universitet malikasi” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.  
Tadbirni universitet direktori o‘zining chiroyli nutqi bilan ochib berdi va unda hakamlar hay’ati sifatida tuman va mahallaning xotin-qizlar faollari qatnashishdi.
Qizlarning chiqish navbatlari qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlandi hamda ular 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi.
1-shart tanishtiruv sharti bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini she'r hamda taqdimot orqali galma-galdan hay’at a’zolari va tomoshabinla tanishtirdi.
2-shart savol-javob sharti bo‘lib, unda qizlarning tanqidiy fikrlash qobiliyati va hozirjavobliligi mantiqiy savollar berish orqali sinovdan o‘tkazildi.
3-shartda qizlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyon qilib, berilgan jami 30 daqiqa davomida salatlar va shirinliklarni ajoyib tarzda tayyorlab, tortiq qilishdi.
4-shart "Erkin mavzu" sharti bo‘lib, unda qizlar o‘z qobiliyatlarini sahna ko‘rinishi hamda raqs orqali ko‘rsatishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra talaba qizlar quyidagi nominatsiyalarni egalladilar:
1) "Universitet malikasi" Xolto‘rayeva Dilro‘za Abdunazir qiziMatematika va axborot texnologiyalari kafedrasi “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabasi
2) "Eng zukko qiz" Ganieva GulzodaIqtisodiyot kafedrasi “Bank ishi va audit” yonalishi talabasi
3) "Eng pazanda qiz" Abdurashidova E’zoza Pedagogika – Psixologiya kafedrasi Psixologiya yo‘nalishi talabasi
4)"Eng serqirra qiz" Abdurashidova Nilufar Boshlang‘ich, maktabgacha va sport ta’lim kafedrasi, “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabasi
5) "Eng iste'dodli qiz" Rahimova Xurshida  Muzaffarovna Ijtimoiy siyosiy fanlar kafedrasi, “Xalqaro munosabatlar”yoʻnalishi talabasi
6) "Eng zukko qiz" Sirojiddinova Nafisa Dilshod qizi Filologiya kafedrasi“Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili)” yoʻnalishi talabasi
Tadbir soʻnggida, gʻolib boʻlgan qatnashchiga maxsus " Universitet malikasi" kubogi hamda universitet sovgʻasi topshirildi. Qolgan barcha faol ishtirok etgan nominatsiya egalariga gul hamda universitetning maxsus sovgʻalari tuhfa etildi.