Talaba qizlar o‘rtasida “Universitet malikasi” tanlovi

newsIn

Talaba qizlar o‘rtasida “Universitet malikasi” tanlovi

Renessans ta’lim universitetning Xorijiy-filologiya kafedrasi xotin-qizlar kengashi mas’uli, kengash kotibi Raxmonova Dilnavoz tomonidan 6 nafar talaba qizlari o‘rtasida “Universitet malikasi” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.

 

Bellashuvda: Abdufattoyeva Sabrina, Mamayusupova Muslima, Abduvaliyeva Gulnora, Po‘latova Muxlisa, Sirojidinnova Mohinur va Alimbekova Azizaishtirok etishdi.

 Qizlar 5 ta shart asosida o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi.

1-shart “Men O’zbekning baxtli qiziman”

2- shart “Savol-javob”

3-shart “Erkin mavzu”

4-shart “Pazanda qiz”

5-shart “Mohir qo’llar”.

Har bir bosqichda tanlov nizomiga ko‘ra vaqt reglamenti belgilab olindi. Qatnashchilar har bir shartda faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodkorlik qobiliyatlari, ravon nutqi hamda pazandalik mahoratlarini namoyon qildilar. Har bir ishtirokchining ishlari va ijod namumalari Nizomning malaka talablari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra talaba qizlar quyidagi nominatsiyalarni egalladilar:

1. Sirojidinnova Mohinur “Kafedra malikasi, eng serqirra qiz”.

2. Alimbekova Aziza “Eng ijodkor qiz”

3. Mamayusupova Muslima“Eng iste’todli qiz”

4. Po‘latova Muxlisa “Eng zukko qiz”

5. Abdufattoyeva Sabrina “Eng quvnoq qiz”

6. Abduvaliyeva Gulnora “ Eng pazanda qiz”.

Tadbir so'nggida barcha ishtirokchilar ingliz tilidagi badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.