Talaba qizlar ishtirokida “Mening sevimli kitobim” ko'rik tanlovi tashkil qilindi

newsIn

Talaba qizlar ishtirokida “Mening sevimli kitobim” ko'rik tanlovi tashkil qilindi

RTU faollar zalida o‘tkazilgan “Mening sevimli kitobim” ko‘rik tanlovining maqsadi - qizlarni kitobxonlikka qiziqtirish va ma’naviyatlarini boyitishda mutolaaning o‘rnini oshirishdan iboratdir.
 
 
Tanlov uchta shart asosida amalga oshirildi:
“Men yoqtirgan asar”
“Badiiy asar bilimdoni”
“Buyuk adib”
 
“Men yoqtirgan asar” shartida qizlar o‘zlari sevib o‘qigan asar xususida tinglovchi va hay’at a’zolariga gapirib berishdi. 
 
Undan keyingi bosqichda parchani o‘qish orqali qaysi asardan keltirilganini topish vazifasi yuklatildi va bu jarayon ko‘pchilik qizlarda qiyinchilik tug‘dirdi.
So‘nggi topshiriq hal qiluvchisi bo‘lib, unda ishtirokchilar bilet orqali tanlagan shoir yoki yozuvchilarning hayot va ijodlari to‘g‘risida so‘zlab berishdi. 
 
Tadbir anchayin qizg‘in ruhda o‘tdi hamda qatnashuvchilar hakamlar tomonidan adolatli tarzda baholanishdi. Oltita nomzod orasidan Xorijiy-filologiya kafedrasi talabasi Muxtorova Gavhar birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. 2-o‘ringa xuddi shu kafedradan Murodaliyeva Nazokat sazovor bo‘ldi. Nihoyat 3-o‘rin Boshlang‘ich maktabgacha ta’lim va sport kafedrasidan Zokirova Muxlisaga nasib etdi. 
 
Tanlovda qatnashgan qizlar: Baxtiboyeva Nilufar, Abdusodiqova O‘g‘iloy va Salimurodova Ozodaga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirildi.
 
Kitobxon qizlarga  universitet ma’muriyati va ARM tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.