Renessans ta’lim universitetida Sport faoliyati yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlari ajoyib tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, bu yerda yengil atletika, gimnastika, voleybol, gandbol, basketbol, suzish va sportning boshqa turlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari mukammal tarzda tashkil qilingan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Xususan, suzish mashg‘ulotlari maxsus basseyn (suv havzasi)da olib boriladi.
Ma’lumot o‘rnida: Suzish – tanani chiniqtirish, mushaklar harakatini muvofiqlashtirish hamda nafas olish tizimini yaxshilashga yordam beradi.