RTU talabalari “Milliy akademik drama” teatriga tashrif buyurishdi

newsIn

RTU talabalari “Milliy akademik drama” teatriga tashrif buyurishdi

Renessans ta’lim universiteti iqtidorli talabalari universitet tomonidan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda madaniy hordiq chiqarishlari maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Milliy akadimik drama” teatriga tashrif buyurishdi. 
Rektor Nusratilla Barakayev boshchiligida teatrda talabalar rejissor Asqar Xolmo‘minov sahnalashtirgan Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy drama spektaklini tomosha qilishdi.  Barcha sevib o‘qigan “Yulduzli tunlar” romanida Zahiriddin Muhammad Boburning achchiq qismati, taqdir charxpalagining tayyorlab qo‘ygan kutilmagan hodisalariga to‘qnash kelishi, atrofidagilarning fitnalari, o‘zga yurtga majburiy ketishi, ichki kechinmalari o‘quvchini o‘sha zamonga olib boradi. 
Ayniqsa, Boburning Vatan ishqida, bir zum bo‘lsada ona-yurtida bo‘lishini ich-ichidan istashi  qattiq ta’sirlantiradi. “Yulduzli tunlar” asaridagi bosh qahramonlar Bobur, Xonzoda begim, Hurramshoh kabi obrazlarning ko‘rsatgan qahramonliklarini har tomonlama yoritib beradi.
 
Sahna asari ham xuddi romandagi kabi bo‘lib, unda ikki soat ichida butun bir asar ko‘rsatib berildi. Talabalar sahnada o‘zbek teatr sa’nati mahoratli aktyorlari ijrosidagi spektaklni maroq bilan tomosha qilishdi hamda undan o‘zgacha hissiyot va zavq olishdi. Ushbu spektakl yoshlarni tarixiy, ma'naviy bilim boyligini oshirdi desak mubolag‘a bo‘maydi. Ijrochilarni mahoratini, sahna bezaklari va qadimgi tarixiy muhitni yarata olishgani barcha tomoshabinlarni ko‘nglidan joy oldi.