“Kelajak dasturchilari” nomli dasturlash olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

newsIn

“Kelajak dasturchilari” nomli dasturlash olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

“Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Kelajak dasturchilari” nomli olimpiadani tashkil qilishdan maqsad: hozirgi kunda dolzarb kasb hisoblanmish IT va dasturchilik sohasiga talaba yoshlarni qiziqtirish, shu bilan birgalikda, ularning bilim salohiyatini tekshirish hamda  munosib rag‘batlantirishdan iborat.
Bellashuv Renessans ta’lim universitetining faollar zalida e’lon qilindi. Hamda tinglovchilar shartlar bilan tanishtirildi. Ularga 10 ta (dastur) masala va uni yechish uchun 2 soat vaqt berildi. Berilgan muddat davomida eng ko‘p masalani to‘g‘ri ishlay olganlargina g'alabaga erishishi xususida aytib o‘tildi.
 
Undan so‘ng, o‘z imkoniyatini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabalar ARMdagi kompyuter qarshisiga yig'ildi.
Tadbir so‘nggida,  g'olib ishtirokchilar aniqlanib, ularga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplom topshirildi:
1-o‘rin. Sirtqi ta’lim fakultetidan Ko‘charov Jamoliddin (Katta quloqchin)
 
2-o‘rin. Kunduzgi ta’lim fakultetidan O‘rolov Asadbek (Kalonkacha)
 
3-o‘rin. Kunduzgi ta’lim fakultetidan Nuriddinov Saidahror (Bluetoothli klaviatura)
Bundan tashqari, 4-5-6-o'rinlar maxsus universitet fudbolka va kepkasi bilan taqdirlandi.  Qolgan qatnashchilarga maxsus universitet bloknoti va ruchkasi taqdim etildi.