Axmatilloyeva Sevinchdan yana bir g‘alaba

newsIn

Axmatilloyeva Sevinchdan yana bir g‘alaba

Renessans ta’lim universiteti “Sport faoliyati” 26-23-guruh talabasi Axmatilloyeva Sevinch Bunyodullo qizi 

Taekwondo itf bo’yicha kattalar orasida o‘tkazilgan Respublika Kubogida  -60 kg vazn toifasida faxrli 1-o’rinni egalladi.

Eslatib o'tamiz,avvalroq, S.Axmatilloyeva Koreya “Kukkiwon” Taekwondo Akademiyasi tomonidan 1-dan qora belbog‘ unvoni sohibasi bo‘lgan.

2022-yilda Toshkent viloyati Kubogi chempionatida 3-o‘rinni egallagan.

 

2019-yilda:

Toshkent viloyati chempionatida 38 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;

Toshkent shahar Ochiq chempionatida 40 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 2-o‘rin bilan O‘zbekiston Taekwondo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan taqdirlangan;

Jizzax ochiq chempionatida 35 kg vazn toifasida O‘zbekiston Taekwondo assotsiatsiyasi Jizzax bo‘limi tomonidan 1-o‘rinni egallagan;

Toshkent shahar Ochiq kubogida 40 kg vazn toifasida 2-o‘rin, tuli bahslarida 1-o‘rin bilan O‘zbekiston Taekwondo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan taqdirlangan;

O‘zbekiston Chempionatida 35 kg vazn toifasida 2-o‘rin bilan Jismoniy tarbiya va Sport Vazirligi tomonidan taqdirlangan;

Toshkent viloyati Taekwondo bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

 

2018-yilda:

O‘zbekiston Chempionatida 34 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 3-o‘rin bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va Sport Vazirligi tomonidan taqdirlandi;

Sirdaryo viloyati ochiq chempionatida O‘zbekiston an’anaviy Taekwondo federatsiyasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 30 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 1-o‘rin bilan taqdirlandi;

O‘zbekiston Kubogida Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi tomonidan  34 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 2-o‘rin bilan taqdirlandi;

Toshkent viloyati federatsiya bo‘limi tomonidan “Yil sportchisi” sertifikati bilan taqdirlangan.