Alisher Navoiy ijodi – komil inson tarbiyasining tuganmas manbai

newsIn

Alisher Navoiy ijodi – komil inson tarbiyasining tuganmas manbai

Renessans ta’lim universitetida o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ko‘plab badiiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ana shunday kechalardan biri “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” deb nomlandi.
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqa teatrida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Eshmurodov ochib berib, Alisher Navoiy merosining bugungi kun yoshlariga tarbiyaviy ta’siri xususida fikr bildirdi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkirning she’riy merosidan namunalar o‘qildi, uning ijodidagi komil inson tushunchasi va ma’naviy yuksalish tamoyillari haqida so‘z yuritildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar Navoiy asarlarining teran ma’nosini his qilgan holda, uning g‘oyalari hayotiy qadriyat sifatida qanchalik muhim ekani haqida fikr almashdilar.
Bunday badiiy-ijodiy kechalar nafaqat Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, balki yosh avlodning ma’naviy kamolotida ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki buyuk shoir o‘z asarlarida insoniylik, adolat va komillikni tarannum etgan. Uning fikrlari bugun ham yoshlarimiz uchun dolzarb va ibratlidir.