Alisher Navoiy – buyuk ma’naviy jasorat namunasi!

newsIn

Alisher Navoiy – buyuk ma’naviy jasorat namunasi!

Bugun, 9-fevral – ulug‘ mutafakkir shoir, o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzi, davlat va jamoat arbobi, ma’naviy jasorat namunasi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan, yurtimizda Navoiy bobomiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. 
 
Navoiy nafaqat Sharq adabiyotining zabardast vakili, balki butun jahon tafakkuri tarixida chuqur iz qoldirgan shaxsdir. Uning asarlari insoniy fazilatlar, vatanparvarlik, adolat va ezgulikni ulug‘lagan holda, asrlar davomida xalqimizga ruhiy kuch berib kelmoqda.
 
Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish jarayonlarida Navoiyning boy merosidan o‘zimizga madad sifatida foydalanamiz. Shu sababli, uning ijodini chuqur o‘rganish, avlodlarimizga yetkazish oldimizda turgan ma’naviy burchimizdir.
 
Renessans ta’lim universiteti talabalari ham buyuk shoir g‘azallaridan namunalar o‘qib, uning bebaho ijodiga hurmat bajo keltirdilar. Ushbu g‘azallar bizga yana bir bor Navoiyni eslatib, uning hikmatga to‘la so‘zlari orqali ruhimizni boyitishga yordam beradi.