• calendar

    16.08.2025

  • eyes

    136

Abituriyentlarga eslatma

Hurmatli abituriyentlar!

Renessans ta’lim universitetiga o‘qishga kirishni istagan talabgorlar quyidagi tartib-qoidalar bilan tanishib chiqishlari lozim.

1. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

- Abituriyentlar Renessans ta’lim universitetining rasmiy sayti orqali onlayn ariza (https://qabul.renessans-edu.uz/uz/auth) topshiradilar.

- Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:  

       • Pasport nusxasi (JShShIR ko‘rsatilgan);  

       • O‘rta (umumiy), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini tugatganlik haqidagi hujjat.

2. Qabul jarayoni va imtihonlar

   • Renessans ta’lim universiteti abituriyentlarni Davlat test markazi (DTM) test sinovlari natijalari asosida yoki ichki kirish imtihonlari orqali qabul qiladi, ichki imtihonlar odatda suhbat, test yoki yozma ish shaklida yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

Boshlang'ich ta'lim

>>>

Ona tili va adabiyoti, Matematikadan

Maktabgacha ta'lim, Psixologiya

>>>

Biologiya, Ona tili va adabiyotidan

Tarix

>>>

Tarix, Geografiyadan

Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq  ta'limi, Falsafa, Pedagogika

>>>

Tarix, Ona tili va adabiyotidan

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)”

>>>

Ingliz tili, Ona tili va adabiyotidan

“Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)”

>>>

Rus tili va adabiyoti, Chet tilidan

“Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)”

>>>

Oʻzbek tili va adabiyoti, Chet tilidan

“Iqtisodiyot”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi”, “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Inson resurslarini boshqarish”

>>>

Matematika, Chet tilidan

“Xalqaro munosabatlar”, “Turizm va mehmondo'stlik”

>>>

Tarix, Chet tilidan

“Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Sun'iy intellect”, “Matematika”, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”, “Amaliy matematika”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Kompyuter injiniringi”

>>>

Matematika, Fizikadan

“Filologiya va tillarni o'qitish (Xitoy tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (Koreys tili)”

>>>

Chet tili, Ona tili va adabiyotidan

Dizayn, Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)”

>>>

Kasbiy (ijodiy imtihon)

 

Bundan tashqari, majburiy fanlardan (Matematika, Ona tili, O‘zbekiston tarixi) sinovlar amalga oshiriladi. 

• Imtihon natijalari rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng, talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatda shartnoma imzolashlari kerak.

3. To‘lov-shartnoma tartibi

Shartnoma tuzish tartibi

  • Talabalikka qabul qilingan abituriyent bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qish shartnomasi tuziladi.
  • Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
    • Ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi);
    • O‘quv yili davomiyligi;
    • To‘lov miqdori va uni to‘lash muddatlari;
    • Tomonlarning huquq va majburiyatlari.

To‘lov miqdori

  • To‘lov kontrakt summasi:
    • Ta’lim yo‘nalishi;
    • Ta’lim shakli;
    • Mutaxassislik darajasi (bakalavr, magistratura)ga qarab turlicha bo‘ladi.

To‘lovni amalga oshirish tartibi

  • To‘lov shartnomada ko‘rsatilgan bank rekvizitlari orqali amalga oshiriladi.
  • Talabalar to‘lovni:
    • bir martalik to‘liq; yoki
    • bosqichma-bosqich (semestr, chorak yoki oyma-oy) amalga oshirishlari mumkin.

To‘lovni amalga oshirmaslik oqibatlari

  • Belgilangan muddatda shartnoma to‘lovini amalga oshirmagan talabalar o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.
  • Talaba kechiktirilgan to‘lovni asoslab beradigan ariza bilan murojaat qilsa, OTM qaroriga ko‘ra muddat uzaytirilishi mumkin.

4. Muhim eslatmalar

- Qabul jarayonida noto‘g‘ri yoki soxta hujjat topshirgan abituriyentlar abituriyentlik huquqidan mahrum qilinadi.- O‘qishga kirish va o‘qish shartlari har bir nodavlat OTM nizomiga asosan belgilanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun

  • Renessans ta’lim universiteti rasmiy veb sayti
  • Telefon; +998 55 506 70 07
  • E-mail: info@renessans-edu.uz