Hurmatli abituriyentlar!
Renessans ta’lim universitetiga o‘qishga kirishni istagan talabgorlar quyidagi tartib-qoidalar bilan tanishib chiqishlari lozim.
- Abituriyentlar Renessans ta’lim universitetining rasmiy sayti orqali onlayn ariza (https://qabul.renessans-edu.uz/uz/auth) topshiradilar.
- Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:
• Pasport nusxasi (JShShIR ko‘rsatilgan);
• O‘rta (umumiy), o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini tugatganlik haqidagi hujjat.
• Renessans ta’lim universiteti abituriyentlarni Davlat test markazi (DTM) test sinovlari natijalari asosida yoki ichki kirish imtihonlari orqali qabul qiladi, ichki imtihonlar odatda suhbat, test yoki yozma ish shaklida yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
“Boshlang'ich ta'lim” |
>>> |
Ona tili va adabiyoti, Matematikadan |
“Maktabgacha ta'lim”, “Psixologiya” |
>>> |
Biologiya, Ona tili va adabiyotidan |
“Tarix” |
>>> |
Tarix, Geografiyadan |
“Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi”, “Falsafa”, “Pedagogika” |
>>> |
Tarix, Ona tili va adabiyotidan |
“Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)” |
>>> |
Ingliz tili, Ona tili va adabiyotidan |
“Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)” |
>>> |
Rus tili va adabiyoti, Chet tilidan |
“Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)” |
>>> |
Oʻzbek tili va adabiyoti, Chet tilidan |
“Iqtisodiyot”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi”, “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Inson resurslarini boshqarish” |
>>> |
Matematika, Chet tilidan |
“Xalqaro munosabatlar”, “Turizm va mehmondo'stlik” |
>>> |
Tarix, Chet tilidan |
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Sun'iy intellect”, “Matematika”, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”, “Amaliy matematika”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Kompyuter injiniringi” |
>>> |
Matematika, Fizikadan |
“Filologiya va tillarni o'qitish (Xitoy tili)”, “Filologiya va tillarni o'qitish (Koreys tili)” |
>>> |
Chet tili, Ona tili va adabiyotidan |
“Dizayn”, “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” |
>>> |
Kasbiy (ijodiy imtihon) |
Bundan tashqari, majburiy fanlardan (Matematika, Ona tili, O‘zbekiston tarixi) sinovlar amalga oshiriladi.
• Imtihon natijalari rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng, talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatda shartnoma imzolashlari kerak.
- Qabul jarayonida noto‘g‘ri yoki soxta hujjat topshirgan abituriyentlar abituriyentlik huquqidan mahrum qilinadi.- O‘qishga kirish va o‘qish shartlari har bir nodavlat OTM nizomiga asosan belgilanadi.