Renessans ta’lim universiteti jamoasi Toshkentdagi 92 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning voleybol bo‘yicha hududiy bosqichida haqiqiy mahorat va birdamlikni namoyish etdi!
Bizning jamoamiz D guruhida qatnashib, hududlararo final bosqichiga chiqish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Bu g‘alaba nafaqat jamoamizning, balki butun universitetimizning g‘ururidir.
Chempionlikka teng g‘alaba!
Garchi final bahslarida g‘alabaga erisholmagan bo‘lsak-da, bu bosqichga yetib kelishning o‘zi bizning kuchimiz va jamoaviy birdamligimizni ko‘rsatib berdi!
Jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorligimizni bildiramiz!