Bugun Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tantanali ochilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirni universitet rektori vazifasini bajaruvchi A.Eshmurodov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yoshlarga sport orqali sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, jamoaviylikni rivojlantirish va tashabbuskor bo‘lish zarurligini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur olimpiada doirasida talabalar o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennis, voleybol, yengil atletika, stritbol turlаri bo‘yicha to‘rt bosqichda musobaqa o‘tkaziladi.
G‘oliblar esa universitet bosqichida munosib taqdirlanadi.Barcha sportga qiziquvchi talaba-yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”da faol ishtirok etishga taklif qilamiz.