Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi

Bugun Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tantanali ochilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirni universitet rektori vazifasini bajaruvchi A.Eshmurodov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U yoshlarga sport orqali sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, jamoaviylikni rivojlantirish va tashabbuskor bo‘lish zarurligini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur olimpiada doirasida talabalar o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennis, voleybol, yengil atletika, stritbol turlаri bo‘yicha to‘rt bosqichda musobaqa o‘tkaziladi.
G‘oliblar esa universitet bosqichida munosib taqdirlanadi.Barcha sportga qiziquvchi talaba-yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”da faol ishtirok etishga taklif qilamiz.