Murabbiylik soati: Bobur merosi – avlodlarga ibrat maktabi

Murabbiylik soati: Bobur merosi – avlodlarga ibrat maktabi

Renessans ta’lim universitetining Tabiiy fanlar va iqtisod fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi” mavzusida murabbiylik soati tashkil etildi.
 
Mazkur tadbirning ahamiyati shundaki, talabalar buyuk shoir va davlat arbobi Boburning hayoti, ilmiy va adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Bobur nafaqat zabardast shoir, balki donishmand va o‘z davrining yirik mutafakkiri sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan.
 
Tadbir davomida talabalarga Boburning ijodi, “Boburnoma” asarining tarixiy ahamiyati, uning Sharq va G‘arb madaniyatini bog‘lovchi ko‘prik bo‘lgani haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Boburning ilm-fan, san’at va davlat boshqaruvidagi o‘rni xususida ham fikr yuritildi.
 
Murabbiylik soati yoshlarning o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, milliy qadriyatlarni chuqur anglashiga xizmat qilgani bilan muhim bo‘ldi.