Avval xabar berganimizdek, Renessans ta’lim universitetida joriy yil 1-martdan 15-martgacha “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Sizlarni tanlovning asosiy shartlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Tanlov shartlari quyidagiladan iborat:
1-shart – “Men yoqtirgan asar” sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida oʻzi sevib oʻqigan asari boʻyicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. “Annotatsiya mahorati” shartida hakamlar hayʼati ishtirokchilarning asarga tayyorlangan annotatsiyasini baholashda kitobxon yoqtirgan asarni oʻqiganligini tekshiradi hamda mohiyatini toʻgʻri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyati, asarning gʻoyasi va mazmunining toʻliq qamrab olinganligi, kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning real hayot bilan bogʻliq ibratli tomonlari ochib berilganligiga qarab ball beriladi. Ushbu shart 100 balgacha (maksimal 100 ball) baholanadi.
2-shart – “Badiiy asar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda ishtirokchilarga berilgan asarlar roʻyxatidan biror asardagi parcha oʻqib eshittiriladi. Ishtirokchilardan ushbu asar nomini hamda parcha keltirilgan asar muallifini topadilar.
Ishtirokchilar badiiy asardan keltirilgan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 3 daqiqa, javob berish uchun ham2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 50 balgacha ball beriladi.
3-shart – “Buyuk adib” sharti.
Ushbu shartda ishtirokchilar berilgan asarlar roʻyxatidan oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarining hayoti va ijodi bilan tanishtiradi. Oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarini bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 5 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.
Oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalari toʻgʻrisida maʼlumot berganlik uchun 50 balgacha ball beriladi.
“Universitetning eng bilimdon kitobxoni” mavzusidagi koʻrik-tanlov uchun saralab olingan adabiyotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat:
№ |
Asar nomi |
Muallif |
1 |
Oʻtgan kunlar |
Abdulla Qodiriy |
2 |
Mehrobdan chayon |
Abdulla Qodiriy |
3 |
Asrga tatigulik kun |
Chingiz Aytmatov |
4 |
Ufq |
Said Ahmad |
5 |
Boy ota, kambagʻal ota |
Robert Kiyosakiy |
6 |
Masnaviy maʼnaviy |
Jaloliddin Rumiy |
7 |
Hamsa |
Alisher Navoiy |
8 |
Boburnoma |
Zahiriddin Muhammad Bobur |
9 |
Temur tuzuklari |
Amir Temur |
10 |
Yulduzli tunlar |
Primqul Qodirov |
11 |
Shum bola |
Gʻofur Gʻulom |
12 |
Navoiy |
Oybek |
13 |
Turkiy guliston yoxud axloq |
Abdulla Avloniy |
14 |
Odam boʻlish qiyin |
Oʻlmas Umarbekov |
15 |
Ikki eshik orasi |
Oʻtkir Hoshimov |
16 |
Odamiylik mulki |
Toxir Malik |
17 |
Chinor |
Asqad Muxtor |
18 |
Temur tuzuklari |
Amir Temur |
19 |
Urushning soʻngi qurboni |
Oʻtkir Hoshimov |
20 |
Nur borki, soya bor |
Oʻtkir Hoshimov |
21 |
Turkiston qaygʻusi |
Alixontoʻra Sogʻuniy |
22 |
Ulugʻbek xazinasi |
Odil Yoqubov |
23 |
Jimjitlik |
Said Ahmad |
24 |
Daftar hoshiyasidagi bitiklar |
Oʻtkir Hoshimov |
25 |
Kafansiz koʻmilganlar |
Shukrullo |
26 |
Fozil odamlar shahri |
Abu Nasr Farobiy |
27 |
Otamdan qolgan dalalar |
Togʻay Murod |
28 |
Ajdodlarimiz fojiasi |
Mirkarim Osim |
29 |
Ot kishnagan oqshom |
Togʻay Murod |
30 |
Jinoyat va jazo |
Dostoyevskiy |
31 |
Amerika fojiasi |
Teodor Drayzer |
32 |
Men kim sohibqiron Amir Temur |
Marsel Brion |
33 |
Nur va soyalar |
R. Tagor |
34 |
Jaloliddin Rumiy |
Radiy Fish |
35 |
Yolgʻizlikning yuz yili |
Gabriyel Markes |
36 |
Al-kimyogar |
Paulo Koelo |
37 |
Faust |
Gyote |
38 |
Ichindagi ichindadir |
Jaloliddin Rumiy |
39 |
Muvaffaqiyat kaliti |
Deyl Karnegi |
40 |
Jarayon |
Frans Kafka |
41 |
Telba |
Dostoyevskiy |
42 |
Kecha va kunduz |
Abdulla Qodiriy |
43 |
Baʼzilar olisdan sevarlar |
Hali Karabenli |
44 |
Chol va dengiz |
Ernest Xemiguyney |
45 |
Million dollarlik xatolar |
Pavel Annekov |
46 |
1984 |
Jorj Oruell |
47 |
Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi |
Stiven R. Kovi |
48 |
Andisha va gʻurur |
Jeyn Ostin |
49 |
Oila yoki uni boshqarish tartiblari |
Abdurauf Fitrat |
50 |
Shaytanat |
Tohir Malik |
Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Bilimingizni sinab ko‘ring va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting! Bilimlar musobaqasida ishtirok eting!