Announcements

events

2025.01.06

“UNIVERSITETNING ENG BILIMDON KITOBXONI” KO‘RIK-TANLOVINING ASOSIY SHARTLARI

Avval xabar berganimizdek, Renessans ta’lim universitetida joriy yil 1-martdan 15-martgacha “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. Sizlarni tanlovning asosiy shartlari bilan tanishtirib o‘tamiz. Tanlov shartlari quyidagiladan iborat: 1-shart – “Men yoqtirgan asar” sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida oʻzi sevib oʻqigan asari boʻyicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. “Annotatsiya mahorati” shartida hakamlar hayʼati ishtirokchilarning asarga tayyorlangan annotatsiyasini baholashda kitobxon yoqtirgan asarni oʻqiganligini tekshiradi hamda mohiyatini toʻgʻri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyati, asarning gʻoyasi va mazmunining toʻliq qamrab olinganligi, kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi, annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning real hayot bilan bogʻliq ibratli tomonlari ochib berilganligiga qarab ball beriladi. Ushbu shart 100 balgacha (maksimal 100 ball) baholanadi. 2-shart – “Badiiy asar bilimdoni” sharti. Ushbu shartda ishtirokchilarga berilgan asarlar roʻyxatidan biror asardagi parcha oʻqib eshittiriladi. Ishtirokchilardan ushbu asar nomini hamda parcha keltirilgan asar muallifini topadilar. Ishtirokchilar badiiy asardan keltirilgan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 3 daqiqa, javob berish uchun ham2 daqiqa  vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 50 balgacha ball beriladi. 3-shart – “Buyuk adib” sharti. Ushbu shartda ishtirokchilar berilgan asarlar roʻyxatidan oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarining hayoti va ijodi bilan tanishtiradi. Oʻzbek va jahon adabiyoti yozuvchilarini bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik koʻrish uchun 5 daqiqa, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalari toʻgʻrisida maʼlumot berganlik uchun 50 balgacha ball beriladi. “Universitetning eng bilimdon kitobxoni” mavzusidagi koʻrik-tanlov uchun saralab olingan adabiyotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat: № Asar nomi Muallif 1 Oʻtgan kunlar Abdulla Qodiriy 2 Mehrobdan chayon Abdulla Qodiriy 3 Asrga tatigulik kun Chingiz Aytmatov 4 Ufq Said Ahmad 5 Boy ota, kambagʻal ota Robert Kiyosakiy 6 Masnaviy maʼnaviy Jaloliddin Rumiy 7 Hamsa Alisher Navoiy 8 Boburnoma Zahiriddin Muhammad Bobur 9 Temur tuzuklari Amir Temur 10 Yulduzli tunlar Primqul Qodirov 11 Shum bola Gʻofur Gʻulom 12 Navoiy Oybek 13 Turkiy guliston yoxud axloq Abdulla Avloniy 14 Odam boʻlish qiyin Oʻlmas Umarbekov 15 Ikki eshik orasi Oʻtkir Hoshimov 16 Odamiylik mulki Toxir Malik 17 Chinor Asqad Muxtor 18 Temur tuzuklari Amir Temur 19 Urushning soʻngi qurboni Oʻtkir Hoshimov 20 Nur borki, soya bor Oʻtkir Hoshimov 21 Turkiston qaygʻusi Alixontoʻra Sogʻuniy 22 Ulugʻbek xazinasi Odil Yoqubov 23 Jimjitlik Said Ahmad 24 Daftar hoshiyasidagi bitiklar Oʻtkir Hoshimov 25 Kafansiz koʻmilganlar Shukrullo 26 Fozil odamlar shahri Abu Nasr Farobiy 27 Otamdan qolgan dalalar Togʻay Murod 28 Ajdodlarimiz fojiasi Mirkarim Osim 29 Ot kishnagan oqshom Togʻay Murod 30 Jinoyat va jazo Dostoyevskiy 31 Amerika fojiasi Teodor Drayzer 32 Men kim sohibqiron Amir Temur Marsel Brion 33 Nur va soyalar R. Tagor 34 Jaloliddin Rumiy Radiy Fish 35 Yolgʻizlikning yuz yili Gabriyel Markes 36 Al-kimyogar Paulo Koelo 37 Faust Gyote 38 Ichindagi ichindadir Jaloliddin Rumiy 39 Muvaffaqiyat kaliti Deyl Karnegi 40 Jarayon Frans Kafka 41 Telba Dostoyevskiy 42 Kecha va kunduz Abdulla Qodiriy 43 Baʼzilar olisdan sevarlar Hali Karabenli 44 Chol va dengiz Ernest Xemiguyney 45 Million dollarlik xatolar Pavel Annekov 46 1984 Jorj Oruell 47 Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi Stiven R. Kovi 48 Andisha va gʻurur Jeyn Ostin 49 Oila yoki uni boshqarish tartiblari Abdurauf Fitrat 50 Shaytanat Tohir Malik   Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Bilimingizni sinab ko‘ring va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting! Bilimlar musobaqasida ishtirok eting! 

events

2024.10.31

RTU iqtidorli talabalar uchun “Xorijiy tillar” hamda “Kriptologiya” bo‘yicha fan olimpiadasini e’lon qiladi!

“Xorijiy tillar” bellashuvida qatnashish sizning ingliz, nemis, fransuz, rus, koreys va xitoy tillari bo‘yicha bilim va mahoratingizni sinovdan o‘tkazish va uni namoyon qilish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi! Olimpiada yo‘nalishlari: Ingliz tili Nemis tili Fransuz tili Rus tili Koreys tili Xitoy tili   Olipmiada shartlari quyidagicha: Test yechish Yozma Tarjima Suhbat Masala yechish Olimpiadada ishtirok etish sizga nima beradi? Yosh iqtidorli talabalar bilan tanishish Chet tillar bo‘yicha bilimingizni namoyon qilish Universitet nomidan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari va sertifikatlar!   Olimpiada g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:  1-o‘ringa diplom, pul mukofoti, ota-onasiga tashakkurnoma va keyingi bosqichga tavsiyanoma; 2-o‘ringa diplom va esdalik sovg‘alari, ota-onasiga tashakkurnoma;  3- o‘ringa diplom va esdalik sovg‘alari, ota-onasiga tashakkurnoma beriladi. Olimpiada o‘tkazilish sanasi: Qo‘shimcha bino, 4-5-noyabr kunlari, soat: 14:00 Navbatdagi olimpiada kriptologiya sohasiga qiziqadiganlar uchun tashkil etilgan bo‘lib, xususan, kodlar va shifrlar sirini o‘rganishni istaydiganlar uchun ayni muddao.   Bu olimpiada – bilimingizni sinovdan o‘tkazish, yangi bilimlar orttirish va o‘z iqtidoringizni namoyon qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.  Olipmiada shartlari quyidagicha:nazariy savollar (yozma) kriptologiya fanidan umumiy savollarga izoh va tushuntirishlar berish amaliy topshiriqlar (yozma) masala yechish    Olimpiada g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:  1-o‘ringa diplom, pul mukofoti, ota-onasiga tashakkurnoma va keyingi bosqichga tavsiyanoma;  2-o‘ringa diplom va esdalik sovg‘alari, ota-onasiga tashakkurnoma;  3-o‘ringa diplom va esdalik sovg‘alari, ota-onasiga tashakkurnoma beriladi.   Olimpiada o‘tkazilish sanasi: Asosiy bino 7-qavat faollar zali, 2024-yil 6-noyabr soat:14:00