Renessans ta’lim universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi

  • calendar

    10.03.2025

  • eyes

    130

Renessans ta’lim universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi

Renessans ta’lim universitetida 2025-yil 28-29-mart kunlari “Oliy ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribalar: tronsformatsiya va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha  OTM olimlari, tadqiqotchilari, rahbar va xodimlarini taklif etamiz.
 
📌Konferensiya quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
 
1-yo'nalish: Oliy ta’lim transformatsiyasi trendlari. Xorijiy oliy ta’lim modellari: an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar; Universitetlarning raqamli transformatsiyasi; Ta’lim sifatini boshqarish va baholash tizimlari; Хalqaro reytinglar va standartlar.
 
2-yo'nalish: Innovatsion ta’lim yondashuvlari va texnologiyalari. Onlayn va gibrid ta’lim modellari, sun’iy intellekt imkoniyatlari; Fanlarni o‘qitishda STEAM va PBL (Project-Based  Learning) ni joriy etish; Qo‘shma ta’lim dasturlari va ikki diplomli ta’lim; Хalqaro almashinuv dasturlari.
 
3-yo'nalish: Oliy ta’limda tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish. Universitetlarning tadqiqot faoliyati va startap ekotizimlari; Yashil energiyaga oid ilmiy loyihalari; Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari; Industriya-akademiya hamkorligi:  korporativ ta’lim modellari.
 
4-yo'nalish: Oliy ta’lim tizimini moliyalashtirish va boshqaruv. Dunyodagi moliyalashtirish modellari: davlat va xususiy sektor ishtiroki;Universitetlarning moliyaviy barqarorligi va resurs boshqaruvi; Oliy ta’limda jamoatchilik nazorati va shaffoflik.
 
📆 Konferensiya materiallari 2025-yil 20-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
 
📤Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi: conference@renessans-edu.uz 
 
Konferensiya haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish uchun: https://conference.renessans-edu.uz