Renessans ta’lim universitetida “Komil inson+Mahoratli mutaxassis=Shaxs” formulasi asosida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

  • calendar

    07.11.2025

  • eyes

    41

Renessans ta’lim universitetida “Komil inson+Mahoratli mutaxassis=Shaxs” formulasi asosida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

Universitetimiz talabalarini “Badiiy asar ustida ishlashning shakl va mazmuniga ko‘ra turlari” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz. 
 
Ushbu darsning maqsadi talabalarni badiiy asarlar tahlili, ularning shakl va mazmun jihatlarini chuqur anglashga, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga va adabiyot sohasidagi zamonaviy uslublar bilan tanishtirishdan iborat.
 
Mashg‘ulotni Filologiya kafedrasi dotsenti Gulruxsor Ergasheva va adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev olib boradilar. 
 
Dars ertaga, 7-noyabr kuni, soat 13:20 da Filologiya va tarix fakultetida boshlanadi.
 
Barcha talabalarni ushbu mahorat darsida faol ishtirok etishga chorlaymiz.