Pekin siyosat va yoshlar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan ushbu dastur 2025-yil 15-25-may kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan O‘zbekiston va Xitoy hamkorligiga oid madaniy-ma’rifiy ma’ruzalar, Tillarga oid treninglar, Pekinning tarixiy diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar o‘rin olgan. Ushbu dasturda barcha o‘qituvchilar va talabalar qatnashishi mumkin.
Sizdan ingliz yoki xitoy tilini B1 darajada bilish va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik ko‘rish talab etiladi.
Dasturda ishtirok etish uchun 2025-yil 15 aprelga qadar Renessans ta’lim universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.