RTU kengashining 2024-yil 10-oktyabrda 1-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Moliya va Kredit kafedrasi iqtisodiyotning strategik muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, moliyaviy boshqaruv, bank ishi, investitsiyalar, kredit siyosati va risklarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Missiya
Moliya va kredit sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shish orqali jamiyatning moliyaviy barqarorligini ta’minlash.
Maqsadlar
1. Zamonaviy moliyaviy tizim, kredit bozori va investitsiya siyosati bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish.
2. Talabalarga real sektor va bank-moliya institutlarining zamonaviy talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish.
3. Moliyaviy risklarni tahlil qilish va boshqarish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish.
4. Xalqaro moliya bozorlari, kredit tizimi va sug‘urta yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
5. Akademik va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish.
6. Davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali talabalar va mutaxassislarga amaliy tajriba yaratish.