Mamlakatimizda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilmiy-ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan “Yoshlar – Uchinchi Renessans drayveri” konferensiyasi o‘z ishini amaliy muloqotlar bilan davom ettirmoqda.
Ayni paytda konferensiya doirasida 6 yo‘nalish boʼyicha tematik majlislar bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlari, malakali mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari, tajribalari hamda muhim tashabbuslarini taqdim etmoqda.
Ushbu uchrashuvlarda dolzarb ilmiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan chuqur tahlil va takliflar muhokamasi boʼlib oʼtmoqda. Eng muhimi, mazkur konferensiya yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish hamda fikrini ochiq bayon qilish imkonini bermoqda.