Renessans ta’lim universitetida “AY MUN” (Model United Nations) tashabbus guruhi tomonidan navbatdagi konferensiya tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar va talabalar turli davlatlar delegatlari sifatida ishtirok etdi.
Anjumanda BMT qo‘mitalari faoliyatini modellashtirish orqali global muammolar muhokama qilindi va ularning yechimlariga doir rezolyutsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbir doirasida diplomatik muzokaralar, ochiq muloqotlar va qarama-qarshi fikrlar asosida konstruktiv tahlillar amalga oshirildi. Ishtirokchilar jahon miqyosidagi dolzarb muammolarga nisbatan o‘z qarashlarini bayon etdi.
Konferensiya yakunida esdalik sovg‘alari topshirildi.