Yorqin kelajak sari qadam: IELTS bilan

Yorqin kelajak sari qadam: IELTS bilan

Bugun, 14-noyabr kuni Renessans ta’lim universitetida “Yorqin kelajak sari qadam: IELTS bilan” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  Tadbirni Renessans ta’lim universiteti professori, pedagogika fanlari doktori M.Vaxobov ochib berdi. U o‘z soʻzida universitetning maqsadi – talabalarni IELTS imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tishga, o‘z kelajaklariga  ishonch bilan qadam tashlashga tayyorlash ekanligini ta'kidladi. 

Kechada Germaniyaning  “Bonn” universiteti magistratura bosqichi talabasi, IELTS 8.0, CEFR C1, CELTA sertifikati  sohibi Sirojiddin Rahmatullayev ishtirok etdi. Tadbir davomida Sirojiddin Rahmatullayev talabalarga IELTS testining tuzilishi, to‘g‘ri tayyorgarlik usullari, yuqori ball olish uchun amaliy maslahatlar berib o‘tdi. 
Uchrashuv master-klass shaklida, sermazmun bo‘lib o‘tdi. 
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.