Yashil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba va amaliy yechimlarni muhokama qilindi

Yashil iqtisodiyot va ekologik barqarorlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajriba va amaliy yechimlarni muhokama qilindi

Mazkur konferensiyada hozirgacha quyidagi ma’ruzalar tinglandi:     
🔹Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Moliya va kredit kafedrasi professori Abdul Jalil Mahama “O‘zbekistonda raqamlashtirish va sanoat tuzilmasining qayta tiklanadigan energiyani qabul qilishga ta’sirini baholash: ekonometrik tahlil”.    
🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Radjapbay Dusmuratov “Yashil iqtisodiyotda ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini shakllantirish”.
🔹 Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti professori, New York universiteti akademigi, fizika-matematika fanlari doktori Abbos Shermuhammedov “O‘zbekistondagi ekologik muammolar”.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i, professor Tuyg‘un Qodirov “O‘zbekiston moliya sektori orqali yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamlashtirishning roli”. 
🔹Xususan, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori Bella Batayeva konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etib, "BRIKS mamlakatlarida dekarbonizatsiya vositalari va amaliyotlari" mavzusi doirasida o‘z ilmiy qarashlarini bildirdi.
    ✔️  Konferensiya davomida ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va amaliy takliflar O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish, yashil energetika va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.