Bugun universitetimizda yangi o‘quv yilining ilk darslari boshlandi. Ayniqsa, 1-bosqich talabalar uchun bu kun juda hayajonli bo‘ldi.
Birinchi dars – birinchi taassurot
Birinchi marta auditoriyaga qadam qo’yish, yangi do‘stlar, yangi ustozlar – bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalashga til ojiz.
Bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va o‘qituvchilarning samimiy munosabati har bir talabada iliq taassurot qoldirdi.
Oldinda cheksiz orzular, yangi bilimlar va katta imkoniyatlar bor.
Renessans ta’lim universitetiga xush kelibsiz, hurmatli talabalar!