Xalqaro konferensiyada AQSh va Turkiyaning nufuzli universitetlari olimlari ham ishtirok etmoqda

Xalqaro konferensiyada AQSh va Turkiyaning nufuzli universitetlari olimlari ham ishtirok etmoqda

Dastur doirasida Yangi O‘zbekiston universiteti Ta’lim sifatni ta’minlash va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i Rebekka Karter (AQSh)  hamda Turkiyaning Balikesir universiteti Ta’lim fakulteti professori Halil Kuchekler ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Rebekka Karter “Filologik tadqiqotlarning fan taraqqiyotidagi ahamiyati va ta’lim muammolari” mavzusida so‘z yuritib, tilshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Professor Halil Kuchekler esa “Tillarni o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida ma’ruza qilib, xorijiy tillarni o‘qitishdagi innovatsion yondashuvlar, zamonaviy metodikalarning muhim jihatlari haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
 
Ishtirokchilar ma’ruzachilarning ilmiy qarashlari ta’lim sifati va til o‘rganish jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.