Dastlab, mehmonlar buyuk sarkarda Amir Temur dafn etilgan Go‘ri Amir maqbarasiga tashrif buyurdi.
So‘ngra, Registon maydoni, Bibixonim me’moriy majmuasi, Hazrati Xizr masjidi va afsonaviy Shohi Zinda ziyoratgohiga borildi.
Ular tarix va me’morchilik mo‘jizalariga guvoh bo‘lish bilan birga mamlakatimizning boy madaniyati va merosi bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bu sayohat mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.