J.Balasagin nomidagi Qirg‘iziston milliy universitetining Qirg‘iz-Yapon instituti direktori Beksultanov Jenish Tunkatarovich (Qirg‘iziston) “Qirg‘izistonda oliy kasbiy ta’limni raqamlashtirish” mavzusidagi taqdimoti tinglandi.
Bundan tashqari, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Ilmiy tadqiqot instituti direktori Sheyshenov Jamin (Qozog‘iston) “Markaziy Osiyoda ta’lim tizimining integratsiyasi” mavzusida hamda ELTning Markaziy Osiyo bo'yicha koordinatori Darya Nelidova (AQSh) “Oliy ta’limda xalqaro standartlarni birlashtirish: TOEFL va Global baholash vositalarining roli” mavzusida onlayn ma’ruza qildi.
Eslatib o'tamiz, xalqaro konferensiya jarayonlarini Renessans taʼlim universitetining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin: