Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: Yangi Janubiy Uyels va Renessans ta’lim universiteti istiqbolli rejalar

Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi: Yangi Janubiy Uyels va Renessans ta’lim universiteti istiqbolli rejalar

Yangi Janubiy Uyels universitetining mintaqaviy menejeri Feras Sallan va biznesni rivojlantirish menejeri Lau Najari o‘zaro hamkorlik qilish masalasida Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, grant va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, sun’iy intellekt yo‘nalishida ham o‘zaro istiqbolli hamkorlik qilish rejalashtirildi.

Kelgusida universitet professor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli maqsadli kurslar va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Mehmon, shuningdek, universitetimiz erishgan yutuqlar bilan ham tanishtirildi.

Uchrashuv so‘ngida Renessans ta’lim universiteti rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu hamkorlik ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida yanada keng imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.