Universitetimizning "Renessans" jamoasi zakovat o‘yinlarining respublika bosqichiga chiqdi

Universitetimizning "Renessans" jamoasi zakovat o‘yinlarining respublika bosqichiga chiqdi

“Zakovat arena” majmuasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida "Eko Intellekt" zakovat o‘yinlarining hududiy bosqichi o‘tkazildi. 
Unda Renessans ta’lim universiteti zakovat klubining “Renessans”, “Eco guard”, “Bio qahramonlar”, “Ekosfera”, “Future diplomats” jamoalari munosib ishtirok etdi. 
 
Quvonarlisi, universitetning asosiy "Renessans” jamoasi intellektual o‘yinning hududiy bosqichida Toshkent shahridagi 40 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari jamoalari orasida yuqori natija ko‘rsatib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
 
Jamoamizga kelgusi bosqichda muvaffaqiyat qilaymiz.