Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning xalqaro aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Mamatkarimov Odiljon Oxundadayevich hamda falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Jamila Toshpoʻlatovna ishtirok etmoqda.
Mehmonlar universitetimiz jamoasini qisqa vaqt ichida erishgan ulkan yutuqlari va bugun ilk diplomlarini qo‘lga kiritib, katta hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarimizni chin dildan samimiy tabrikladilar.