"Universiada – 2024": Renessans taʼlim universiteti talabalari belbog‘li kurash musobaqasida g‘olib bo‘lishdi!

"Universiada – 2024": Renessans taʼlim universiteti talabalari belbog‘li kurash musobaqasida g‘olib bo‘lishdi!

Toshkent shahrida "Universiada – 2024" sport o‘yinlari doirasida belbog‘li kurash bo‘yicha shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli musobaqada Renessans ta’lim universiteti talabalari 7 ta vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!


Bu g‘alaba ularga Jizzax viloyatida boʼlib o‘tadigan respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini berdi. Endi universitetimiz jamoasi eng kuchli sportchilar bilan bellashib, finalda ham yuqori natijalarni qoʼlga kiritishga harakat qilishadi.

Renessans taʼlim universiteti talabalari sportda ham o‘zining  yuksak mahoratlarini namoyish etib, ulkan gʼalabalarga erishayotganlari bilan faxrlansak arziydi. Ularga finalda ham omad tilaymiz!