Turkiyaning Karabuk universiteti o‘qituvchisi tomonidan bo‘lg‘usi filologlarga dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Turkiyaning Karabuk universiteti o‘qituvchisi tomonidan bo‘lg‘usi filologlarga dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Renessans ta’lim universitetida Filologiya kafedrasi tomonidan tashkil qilinayotgan “Yangi Renessans istiqbolida filologik-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya munosabati bilan Turkiyaning Karabuk universitetidan tashrif buyurgan mutaxassiz Saidbek Boltabayev RTU’ning Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Ma’ruza Turkiyada magistratura va doktoranturada o‘qishni xohlovchi talabalar uchun judayam foydali bo‘ldi. Shuningdek, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan va hozirda Karabuk universitetining Adabiyot Fakulteti Turk tili va adabiyoti bo'limida faoliyat yurituvchi yurtdoshimiz Saidbek Boltabayevning yutuqlari va muvaffaqiyati barchani ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini va kelajakdagi orzulariga yanada ildamroq qadam bosishlariga turtki bo'ldi.