To‘g‘ri tanlov – barqaror kelajak

To‘g‘ri tanlov – barqaror kelajak

“Iqtisodiyot sohasiga juda qiziqaman”, – deydi, Renessans ta’lim universitetiga hujjat topshirgan Zilola Jumaboyeva. – Niyatim sohani chuqur o‘rganib, haqiqiy mutaxassis bo‘lish. Shu maqsadda, universitetning 40 ga yaqin yo‘nalishlari bilan tanishib chiqib, iqtisodiyotni tanladim. 
 
Renessans ta’lim universitetini tanlashim bejiz emas. Bu yerda ta’lim jarayonlari zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan. Ustozlarning salohiyati yuqori, eng muhimi, har bir talabaga samimiyat va mas’uliyat bilan yondashiladi. 
 
Hujjat topshirar ekanman, universitetda yaratilgan imkoniyatlarning kengligini ko‘rib, to‘g‘ri qaror qabul qilganimga yana bir bor ishonch hosil qildim. 
 
Siz ham ana shunday ishonch bilan Renessans ta’lim universitetiga hujjat topshiring.